VidLingo

Yordam

Avval quyidagi javoblarni ko'ring — ko'p savol shu yerda hal bo'ladi. Topilmasa, pastda yozing.

Video qanday qo‘shiladi?

Kutubxonadagi «Video qo'shish» tugmasini bosasiz. Ikki yo'l bor: kompyuteringizdagi faylni tanlaysiz yoki YouTube havolasini qo'yasiz. Subtitr faylini qo'shish SHART EMAS — u o'zi tayyorlanadi.

Nega video qo‘sha olmayapman?

Ko'pincha sabab bitta: telefon raqami tasdiqlanmagan. Kutubxonaning yuqorisida sariq ogohlantirish chiqadi, «Tasdiqlash» tugmasi sizni botga olib boradi va bir bosishda tugaydi. Boshqa sabab — bepul rejadagi limit tugagani.

Subtitr qancha vaqtda tayyor bo‘ladi?

Odatda videoning uzunligidan qisqaroq: 10 daqiqalik video bir-ikki daqiqada tayyor bo'ladi. Sahifani yopsangiz ham jarayon davom etadi — qaytib kirsangiz tayyor turadi.

So‘zning ma’nosi qanday chiqadi?

Videoni ko'rayotganda so'zga bosasiz. Video to'xtaydi va so'zning AYNAN O'SHA GAPDAGI ma'nosi chiqadi — lug'atdagi birinchi ma'no emas. Bosilgan so'z lug'atingizga o'zi saqlanadi.

Qaysi videolar mos keladi?

Ingliz tilida gapiriladigan har qanday video: film parchasi, suhbat, ma'ruza, blog. Musiqa yoki shovqin ko'p bo'lsa nutq aniqlanishi pasayadi. Aniq ovozli video eng yaxshi natija beradi.

To‘lovni qanday qilaman?

Narxlar sahifasida rejani tanlaysiz, karta raqamiga o'tkazasiz va chek rasmini yuborasiz. Tekshirilgach reja ochiladi — odatda bir necha soat ichida.

Javob topilmadimi?

Yozing. Ishlamagan narsa, kerak bo'lgan narsa yoki shunchaki fikr — hammasi o'qiladi va shu bilan sayt yaxshilanadi.

Nima haqida

To'g'ridan-to'g'ri yozmoqchimisiz?

@Iskandar_admin1